
"Barselona" futbolchisi uchun APLning uchta klubi da’vogarlik qilmoqda
Angliya Premer-Ligasining bir nechta klublari "Shalke"da ijara asosida to‘p surayotgan "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo uchun da’vogarlik qilmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "Sautgempton", "Everton" va "Uotford" klublari frantsiyalik futbolchi uchun Kataloniya klubiga taklif yuborishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Barselona" Todibo uchun iyun oyi oxirigacha xaridor topishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar