"Barselona" futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi
"Barselona" himoyachi Kleman Langle bilan yangi bitimga imzo chekishdan umid qilmoqda.
Kataloniya klubi Keyingi mavsumda shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadigan himoyachi bilan kelishuv muddatini uzaytirmoqchi.
La Liga klubi frantsiyalik futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida kelishuv taklif qilmoqchi. 24 yoshli futbolchi ham jamoada baxtli ekanligini yashirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing joriy mavsumida Langle 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar