
"Barselona" futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor
"Barselona" hujumchi Memfis Depay bilan shartnomani uzaytirishi mumkin, deb xabar berdi "Sport.es" nashri.
Futbolchi bilan amaldagi bitim kelasi yilning iyun oyida nihoyasiga etadi, agar 28 yoshli hujumchiga shartlar mos kelsa, Kataloniya klubi Memfisga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Chempionatning dastlabki to‘rt turida Depay “Barselona” zaxirasida qoldi. Keyinchalik niderlandiyalik forvard Chempionlar ligasida "Viktoriya"ga qarshi 15 daqiqa o‘ynadi. Ammo u La Ligada "Kadis" (4:0) va "Elche" (3:0)ga qarshi bahslarni asosiy tarkibda boshladi.
O‘tgan mavsumda futbolchi "Barselona" safida barcha turnirlar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar