"Barselona" futbolchisini APLda kutishmoqda

  • 3 mart, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Rafinya Dias Ispaniya chempionatini tark etib, Tumanli Albinga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. "Qarg‘alar" yozgi transfer oynasida 26 yoshli braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishadi. Transfermarkt portali esa Rafinyanining narxini 50 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya o‘tgan yozda "Lids"dan "Barsa"ga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.

Braziliya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum La Ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!