"Barselona" Grizmannga nimalar taklif qilmoqda?
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Atletiko" forvardi Antuan Grizmannga nimalar taklif qilgani ma’lum bo‘ldi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 28 yoshli frantsuzga 5 yillik shartnoma va yiliga 17 million evro maosh va’da qilishmoqda.
Taqqoslash uchun, Grizmann ayni damda “matraschilar” safida yiliga 21 mln evro maosh olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann bundan bir necha kun muqaddam jamoadan ketishi haqida e’lon qilgan edi. Unga shuningdek PSJ va “Bavariya” klublari ham jidiy xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar