"Barselona" hech qanday tovon pulisiz Valverdeni iste’foga chiqarishi mumkin
"Barselona" klubi rahbariyati Ernesto Valverdeni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarishi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis fevral oyida kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirgan edi. Biroq, Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu shartnomada tomonlar hech qanday tovon pulisiz kelishuvni bekor qilish haqida band kiritilgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Valverdening iste’fosi “ko‘k-anor ranglilar”ga hech qanday muammo tug‘dirmaydi.
Ma’lumot uchun, Valverde “Barselona”ni 2017 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida 2 karra Ispaniya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar