"Barselona" himoyachisi uchun A Seriyaning ikki klubi kurash olib boradi

  • 2 dekabr, 2024, 18:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va Daniya terma jamoasi himoyachisi Andreas Kristensen jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Futbol Espana" nashri xabar berdi.

Tecno

28 yoshli himoyachiga Italiyaning "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" ham futbolchini sotishga qarshi emas. Mudofaa chizig‘ida raqobat bo‘lishi uchun klub yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Biroq, futbolchining o‘zi "Barselona"da qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubining daniyalik himoyachi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!