
“Barselona” himoyachisi "Valensiya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
“Barselona” klubi himoyachisi Tomas Vermalen jamoasining yaqin vaqt ichida bo‘ladigan o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi, deya xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Manbada yozilishicha, kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde futbolchining sog‘lig‘i borasida tavakkal qilmoqchi emas. Shuning uchun unga dam olish uchun qo‘shimcha vaqt bermoqchi.
Shu sabab Vermalen “Valensiya” va Ispaniya chempionati 23-tur doirasida “Xetafe” bilan bo‘ladigan o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Fikrlar