"Barselona" himoyachisining Kataloniyadagi sarguzashtlari yakuniga etmoqda

"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti qishki transfer oynasi vaqtida kataloniyaliklar tarkibini tark etishi mumkin.

Joriy mavsumda "ko‘k anor-ranglilar" safida barcha turnirlarda 3 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchiga "Nitstsa" klubi qiziqish bildirmoqda.  Nitstsaliklar Umtitini jarohatlangan himoyachi Dantening o‘rnini to‘ldirish uchun olib kelmoqda.

O‘z navbatida, "Barsa" rahbariyati ham frantsuzlar taklifini qabul qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!