
"Barselona" hujumchisi Frantsiyaga yo‘l olishga tayyor
Ishonchli manba Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Barselona" hujumchisi Ansu Fati Frantsiyaning "Monako" klubiga o‘tishga rozilik bergan. Ta’kidlanishicha, u yanvar oyida beshtadan ortiq klubning taklifini rad etgan.
Kataloniyaliklar va monakoliklar 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bundan tashqari, mavsum davomida ispaniyalik futbolchi jamoadagi o‘rnidan norozi ekanligi haqida ham xabarlar chiqqan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Fati joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida La Ligada 6 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi. Lekin bironta gol ham, golli uzatma ham amalga oshirmadi.
Fikrlar