“Barselona” hujumda Lautaroni o‘ynatadigan bo‘ldi

  • 18 avgust, 2020, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsum oldidan tarkibini butunlay yangilaydigan “Barselona” yozgi transferlar vaqtida “Inter”dan Lautaro Martinesni olish variantiga qaytdi. Argentinalik futbolchi kataloniyaliklarning asosiy nishoni bo‘ladi.

“Inter” ham Lautaroni qo‘yib yubormoqchi emas. Ular hujumchiga amaldagi shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishni taklif qilmoqda. Agar Lautaro Italiyada qolishga rozi bo‘lsa, yillik maoshi 6 million evroga ko‘tariladi.

Uning shartnomasida hujumchini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoa 111 million evro to‘lashi to‘g‘risida band bor. “Barselona” asosiy tarkibdagi aksariyat futbolchilarni transferga qo‘yishga qaror qilganini inobatga olsak, Lautaro Martines uchun kerakli mablag‘ ham topilishiga ishonish mumkin. Qolaversa, futbolchining o‘zi ham hujumda terma jamoada bo‘lgani kabi Lionel Messi bilan birga o‘ynab, yangi loyihaning ajralmas qismi bo‘lishga rozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!