"Barselona" hujumga Turkiya chempionatidan futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda

  • 30 oktabr, 19:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujum chizizig‘ini kuchaytirish uchun Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

"Mundo Deportivo" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi hali forvard bilan rasmiy muzokaralarga kirishmagan. Lekin "ko‘k-anoranglilar" nigeriyalik futbolchi bilan 2026 yilda muzokaralarni boshlashini rejalashtirmoqda. Hozirda Viktor Turkiyaning "Galatasaray" jamoasi safida harakat o‘ynayapti.  

26 yoshli futbolchining ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 75 million evroni tashkil etadi. Uning Turkiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Osimxenni "Galatasaray" "Napoli"dan 75 million evro evaziga sotib olgandi. Hujumchi ushbu mavsum istanbulliklar safida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!