"Barselona" hujumni kuchaytirish uchun ikki nomzod topdi

  • 05.10.2021 17:40
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan yozda o‘z yulduzlarini qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgan "Barselona" o‘z hujum chizig‘ini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqchi.

Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar ikkita nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. "RB Leyptsig" futbolchisi Dani Olmo hamda "Manchester Siti" vingeri Raxim Sterlingdan biri faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. 

"Barsa" Olmoga qiziqayotgani va ispaniyalik futbolchi qishdayoq transfer qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Sterling uchun talab etiladigan summa esa, biroz balandroq. Shunga qaramay, "ko‘k-anorranglilar"da bu pul borligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali Raxim Sterlingni 90 million, Dani Olmoni 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Humoyun Mirzo Mamatqulov
07/10/2021 22:28
Dani olmo Lekin yaxshi variant
Evertondagi kalvert leving ham yaxshi variant oylab korilsa