“Barselona” ikkita yulduzini sotishga tayyor
"Barselona" kelasi yozda himoyachilar Aleks Balde va Jül Kundeni sotishga tayyor. “Ko‘k-anorranglilar” yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun sotuvlardan foyda olishlari kerak. Bu haqida Sport.es xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi jamoa tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirmagan holda bir nechta yirik transferlarni amalga oshirishga harakat qilmoqchi. Bozorda Baldega ham, Kundega ham katta qiziqish bor. Xususan, "Manchester Yunayted" Baldega qiziqish bildirmoqda. "Barselona"ning hisob-kitoblariga ko‘ra, himoyachi 50 million evrodan ko‘proq turishi mumkin.
Kunde klubda baxtli va uni tark etishni xohlamaydi. Ammo “Barsa”, agar uning ehtimoliy transferi bo‘yicha taklif kelib tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar