
"Barselona" "Inter" forvardi uchun 120 mln evro to‘lamoqchi
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona" safida paydo bo‘lishi mumkin.
TNT Sports va Diario Sport nashrlarining argentinalik xodimi Veronika Brunatining xabar berishicha, kataloniyaliklar ushbu qishning o‘zidayoq Martinesni 120 mln evro evaziga sotib olmoqchi.
"Barsa" jarohat olgan Luis Suaresning o‘rniga forvard izlamoqda! Urugvaylik futbolchi 4 oy muddatga safdan chiqqan.
Fikrlar