"Barselona" ishtirokidagi turnir bekor qilindi

Kataloniya Superkubogining 2019/20 mavsumi koronavirus pandemiyasi sabab o‘tkazilmaydigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda Kataloniya futbol federatsiyasi.

Ushbu unvon uchun "Barselona" va "Espanol" klublari kurash olib borishi kutilayotgan edi. Turnirning o‘tgan yilgi bosqichida "Jirona" "Barsa"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Ispaniya hukumati sportchilarga 4 maydan mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!