
“Barselona” Ispaniya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi. Agarda...
"Barselona" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi “Marca” nashri.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati Londonning "Chelsi" klubiga o‘tishga mumkin bo‘lgan "Sevilya" futbolchisi Jyul Kunde uchun kurashda mag‘lub bo‘lsa, 25 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib oladi.
Torresning "Vilyarreal" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Ispaniya terma jamoasi futbolchisini 50 million evroga baholamoqda.
O‘tgan mavsum himoyachi "sariq suvosti kemasi" tarkibida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar