
“Barselona” kam gol urayotgan hujumchiga xaridor
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida “Borussiya”dan Erling Xolandni transfer qila olmasligiga tobora amin bo‘lib bormoqda.
Kataloniyaliklar ayni paytda e’tiborini boshqa hujumchilarga qaratmoqda. Xavining nazari “Arsenal”dan ketishi kutilayotgan frantsiyalik hujumchi Aleksandr Lyakazettga tushdi.
30 yoshli futbolchi joriy mavsumda samarali o‘yin ko‘rsata olmayapti. Tabiiyki, bu bosh murabbiy Mikel Artetani qoniqtirmayapti. Lyakazett chempionatda 26 ta uchrashuvda qatnashib, atigi beshta gol muallifi bo‘ldi.
Xavi Ernandes bu hujumchining yangi qirralarini ocha olishiga va uni ko‘p gol uradigan hujumchiga aylantirishiga ishonmoqda.
Fikrlar