«Barselona» Kanselu bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

  • 20.08.2026 18:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» rasmаn portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu bilan to‘liq shartnoma imzoladi.

Bu haqda klubning rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, Kanselu Kataloniya jamoasi bilan uch yillik shartnoma tuzdi.

 

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Joau Kanselu Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgani xabar qilingan edi. Shu orqali u erkin agent sifatida «Barselona»ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda ham kataloniyaliklar safida ijarа asosida o‘ynagan.

 

«Barselona» yangi mavsumda Ispaniya chempionatidagi ilk uchrashuvini 23 avgust kuni o‘tkazadi. Ushbu sanada «sinegranatovy»lar safarda «Elche» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!