"Barselona" Kimmix uchun kurashadigan bo‘ldi

  • 10 oktabr, 2023, 19:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "ESPN" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yarim himoyachi va ikkita himoyachi sotib olmoqchi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yozda jamoaga "Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmixni taklif qilmoqchi. Xavi Kimmixni jamoasida ko‘rmoqchi, garchi "Barsa"da Jorgino ("Arsenal") va Gvido Rodriges ("Betis")da variantlari bo‘lsa ham.

Shuningdek, "Barselona" hali ham "Vilyarreal" himoyachisi Xuan Foytdan umidini uzgani yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!