
“Barselona” kutilmaganda Ivan Perishichga qiziqib qoldi
“Inter” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. La Gazetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” xorvatiyalik futbolchiga qiziqish bildirgan.
Kataloniyaliklar Filippe Koutino yoki Usmon Dembeleni qo‘lga kirita olmasa, 28 yoshli Perishichga o‘z e’tiborini qaratadi.
Bir muddat avval Perishichning xizmatlariga “Manchester Yunayted” klubi ham qiziqish billdirgan edi, biroq tomonlar transfer narxi borasida kelisha olmadi.
Fikrlar