
"Barselona" Levandovski o‘rniga zo‘r hujumchi topdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi hozirda Turkiyaning "Galatasaray" jamoasida harakat qilayotgan Viktor Osimxenni sotib olishi mumkin.
So‘nggi bir necha o‘yinlarda, "ko‘k-anorranglilar" forvardi hisoblangan Robert Levandovski yaxshi vaziyatlardan unumli foydalana olmayapti. Shu sababli, klub rahbarlari yangi hujumchi izlashni boshlab yuborishgan. Hozirda asosiy davogarlar ro‘yxatida nigeriyalik Viktor Osimxen etakchilik qilmoqda. Ushbu futbolchiga “Barselona”dan tashqari, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ham katta qiziqish bildirmoqda.
Viktor yozgi transfer oynasida Italiyaning “Napoli” klubidan ijara asosida "Galatasaray" klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchi joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar