"Barselona" "Man Siti"dan hamon qarzdor

  • 1 oktabr, 2022, 09:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchi Ferran Torresning transferi uchun "Manchester Siti"ga yana 52 million evro to‘lashi kerak, deb xabar bermoqda "Catalunya Radio" nashri.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" vingerni 2022 yilning qishida sotib olgan. Transfer summasi 55 million evro va turli xil bonuslarni o‘z ichiga oladi. Kataloniya klubi Torres bilan 2027 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan.

Transfer amalga oshirilgan vaqtda "Barsa" Torres uchun bor-yo‘g‘i 3 million evro to‘lagan edi.

22 yoshli vinger joriy mavsum “Barselona” safida 7 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol  va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

“Ko‘k-anorranglilar” navbatdagi o‘yinini 1 oktyabr, shanba kuni “Malorka”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00.00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!