"Barselona" Messining maoshini yana oshirmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
La Gazzetta dello Sport muxbiri Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha “ko‘k-anor ranglilar” 32 yoshli futbolchini tarkibda olib qolish uchun uning maoshini yana oshirishga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, Messining ayni damdagi yillik maoshi 40 mln evroni tashkil etadi. Agar u yangi shartnomaga imzo cheksa, yiliga 50 mln evro maosh olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar