"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar "Atletiko"ni Alvaresni sotishga majbur qiladi deb hisoblamoqda

  • 13.07.2026 14:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hali ham Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Al'varesni o‘z safida ko‘rish g‘oyasidan voz kechgani yo‘q.

Kataloniya klubi rahbariyatining fikricha, "Atletiko" moliyaviy vaziyat tufayli argentinalik forvardni sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Sport nashri yozishicha, madridliklar yozgi transferlar uchun allaqachon 80 million evrodan ortiq mablag‘ sarflagan, biroq jamoani tark etishi kutilgan bir qator futbolchilar bo‘yicha kelishuvlar sekinlashib qolgan. Shu bois, agar qimmatbaho futbolchilardan boshqalariga jiddiy takliflar tushmasa, klub Xulian Al'vares bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Transfermarkt portali mutaxassislari Xulian Al'varesning bozor qiymatini 100 million evro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!