
"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!
"Barselona" vingeri Usmon Dembele mashg‘ulotlarga qaytdi.
Kataloniyaliklar matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Dembele kechadan boshlab cheklovlarsiz mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Usmon navbatdagi uchrashuvda jamoasiga yordam berishi mumkin.
Avvalroq, "Barselona" tibbiy qarorgohidagilar futbolchi bu yil boshqa maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgandi. Ammo Dembelening tiklanishi kutilganidan ancha tezroq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi joriy mavsum 8ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar