"Barselona" muxlislariga noxush xabar. Yana bir hujumchi jarohat oldi
Ansu Fati jarohat tufayli bir oyga safdan chiqdi.
"Barselona" hujumchisi chorshanba kungi mashg‘ulotda o‘ng sonidan jarohat oldi. Bu haqda klub Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Klub xabariga ko‘ra, futbolchi taxminan to‘rt hafta maydonga tushmaydi. Bu 22 yoshli Fatining joriy mavsumdagi ikkinchi jarohati. Iyul oyida u oyog‘idan olgan jarohati tufayli mavsum boshini o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Fati La Ligada 4 ta o‘yinda ishtirok etdi va samarali harakatlar ko‘rsata olmadi.



Fikrlar