“Barselona” Neymardan voz kechishga majbur bo‘ldi

  • 27 may, 2020, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati sobiq hujumchisi Neymarni ortga qaytarolmaydi.

Tecno

Mashhur futbol eksperti Gilem Balagening ma’lumot berishicha, kataloniyaliklarning bunga puli etmaydi. Chunki “Barselona” transferlarga mo‘ljallangan mablag‘ning asosiy qismini Lautaro Martinesni olishga yo‘naltiradi.

Neymarni olish uchun “Barselona”da birgina variant bor u ham bo‘lsa, PSJ bilan futbolchi almashish. Kataloniyaliklar Usmon Dembeleni Parijga jo‘natib, o‘rniga Neymarni olishni reja qilgandi. Lekin PSJ kataloniyaliklar bilan futbolchi ayirboshlamasligini ma’lum qildi.

Shunday bo‘lsa ham, “Barselona” Neymar bo‘yicha yakuniy qarorini iyulga qoldirmoqda.

“Barselona”ga Neymar kerak

Neymar Messi tufayli "Barsa"ga qaytmaydi

“Barselona”ning antiqa qarori

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!