“Barselona” olti futbolchini nishonga oldi

  • 4 mart, 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibni mustahkamlash uchun bir necha yangi o‘yinchilarni olishni rejalashtirmoqda.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik har ikki qanot himoyasini kuchaytirish lozim, degan fikrga kelgan. Klub mutasaddilari germaniyalik mutaxassis talabidagi qanot himoyachilarini yoki har ikki tomonda o‘ynashga qodir futbolchilarni qidirmoqda.

Hozircha, har ikki qanotga uchtadan nomzod topildi.

Xususan, kataloniyaliklar chap qanotga “Ayaks” vakili Yorrel Xato, “Benfika”dan Alvaro Karreras va “Monako”dan Kayo Enrikeni mo‘ljallayapti.

O‘ng qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlar sifatida “Sevilya”dan Xuanlu Sanches, “Kristal Pelas”dan Daniel Munos va “Monako”dan  Vanderson tanlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!