“Barselona” o‘yinsini “Chelsi”ga beradigan bo‘ldi

  • 16.01.2022 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

El Nacional nashri “Barselona” mutasaddilari jamoaga kerak bo‘lmay qolgan Serjino Destni “Chelsi”ga sotishga tayyor ekanini bildirgan.

Amerikalik himoyachi Kataloniyaga 2020 yilda olib kelingan edi. Avvaliga himoyaning har ikki qanotida ishonchli o‘ynay oladigan futbolchi muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozondi. Lekin Xavi Eranandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi unga ortiqcha imkon bermoqchi emas.

“Chelsi” yosh o‘yinchi uchun 20 million evro taklif qilmoqda va bu summa kataloniyaliklarni to‘liq qondiradi. Faqat futbolchining o‘zi “Barselona”dan ketishga shoshilmayapti.

Serjino Dest joriy mavsumda Ispaniya chempionatida atigi 12 marta maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!