"Barselona" o‘z hamkori bilan shartnomani uzaytirdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi va Spotify kompaniyasi hamkorlikni 2030 yilgacha uzaytirish bo‘yicha yangi bitimga erishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar 2022 yildan beri amal qilib kelayotgan hamkorlikni davom ettiradi. Unga ko‘ra, Spotify logotipi klubning erkaklar va ayollar jamoalari formasida, shuningdek, mashg‘ulot kiyimlarida joylashtiriladi. Bundan tashqari, Spotify kompaniyasi “Kamp Nou” stadioni nomidan foydalanish huquqini 2034 yilgacha saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” La Liganing joriy mavsumida 8-turdan so‘ng 19 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar