“Barselona” oʻz maydonidagi "El-klasiko"larda yutqazmayapti
"Barselona" oʻz maydonida "Real Madrid"ga qarshi oʻyinlarda muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirmoqda.
Kataloniyaliklar La Liganing 35-turida madriddliklarni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuv "Kamp Nou" stadionida boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, “Barselona”ning oʻz maydonida “Real”dan oxirgi magʻlubiyati 2023 yil 28 oktyabr sanasida qayd etilgan edi. Osha bahsda madriddliklar 2:1 hisobida gʻalaba qoʻzongan va Jud Bellingem dubl muallifi boʻlgandi.
Shu tariqa, Xansi Flik shogirdlari 91 ochko bilan Ispaniya chempionligini muddatidan avval rasmiy qoʻlga kiritdi.

Fikrlar