
"Barselona" o‘z safiga "Manchester Siti" himoyachisini qo‘shib olmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompaniga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 32 yoshli belgiyalik futbolchini o‘zining uzoq muddatga safdan chiqqan himoyachisi Samuelya Umtitiga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ma’lumot uchun, Kompani joriy mavsum "Manchester Siti" safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar