“Barselona” Portugaliya terma jamoasining ikki yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 24.04.2026 17:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bir vaqtning oʻzida ikkita portugaliyalik futbolchi "Barselona"ning qiziqish doirasiga tushib qoldi. Kataloniya klubi "Manchester Siti"ning 31 yoshli yarim himoyachisi Bernardu Silva va "Chelsi"ning 26 yoshli qanot hujumchisi Pedro Netuni oʻz safiga qoʻshish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo. "Kўk-anorranglilar" kelgusi yozda hujumni kuchaytirishga umid qilmoqda va ikkala futbolchi ham munosib nomzodlar hisoblanadi.

Silva erkin agent sifatida “Barsa”ga qoʻshiladi. Transfermarkt portali tomonidan 60 million yevroga baholangan Netu, agar "Chelsi" joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, ketishni oʻylashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!