
"Barselona" portugaliyalik hujumchini nishonga oldi
Portugaliya terma jamoasi a’zosi Gonsalo Gedesh faoliyatini "Barselona" safida davom ettirishi mumkin.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqyapti. Jamoa bosh murabbiyi Xavi klubni tark etayotgan Memfis Depayning o‘rnini aynan shu futbolchi bilan to‘ldirmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, 42 yoshli mutaxassis allaqachon Gedeshning o‘zi bilan gaplashib, unga loyihasini tanishtirgan. O‘z navbatida, hujumchi yana Ispaniyaga qaytishga qarshi emas. U La Ligada "Valensiya" sharafini himoya qilgan. Ayni paytda 26 yoshli futbolchi "Vulverxempton"da ijara asosida o‘ynamoqda.
Gonsalu joriy mavsum "bo‘rilar" libosida 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol hamda 1 assist muallifiga aylangan. Uning transfer narxi 32 million evroga teng.
Fikrlar