"Barselona" premer-ligadan yarim himoyachi olib kelmoqchi
Huquqlari Angliyaning "Vulverxempton" klubiga tegishli bo‘lgan himoyachi yarim himoyachi Ruben Nevesh Ispaniya chempionatining top-klubida harakat qilishi mumkin.
"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" 26 yoshli portugaliyalikni sotib olmoqchi. Neveshning transferi "ko‘k-anorranglilar"ga 40 million evroga tushishi mumkin.
Ruben 2017 yilning yozidan beri "bo‘rilar" safida o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.
Portugaliyalik xavbek APLning joriy mavsumda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar