
"Barselona" prezidenti "Atletiko" hujumchisiga qiziqib qoldi
"Atletiko" Madrid hujumchisi Joau Felish "Barselona"ning diqqatini o‘ziga torta boshladi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta 21 yoshli portugaliyalik futbolchining muxlisiga aylangan. Biroq hozirgi paytda "Barsa" va "Atletiko" o‘rtasida ushbu transfer masalasida hech qanday muzokaralar ketmayapti.
Felish yakunlangan mavsum “Atletiko” safida jami 40 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi 80 million evroni tashkil etadi.
“Matraschilar” Felishni 2019 yilning yozida 126 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar