"Barselona" prezidenti: Hozir Grizmanning transferi haqida gapiradigan payt emas
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Jozep Mariya Bartomeu "Atletiko" forvarli Antuan Grizmanni sotib olinishi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Hozir boshqa jamoaning futbolchisini muhokama qilish vaqti emas. So‘nggi paytlarda matbuotda bu haqda juda ko‘p mish-mishlar tarqatildi, ammo, biz hozir La Liga, Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogi haqida o‘ylayapmiz. Bizni oldinda juda muhim o‘yinlar kutmoqda. Transferlar haqida esa mavsum yakunlangach gaplashamiz”, - deydi Bartomeu.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar o‘tgan yilning yozida ham Grizmanni sotib olishga urunib ko‘rishgan edi. Hozir esa frantsiyalik futbolchining o‘zi “Barselona”ga o‘tish istagini bildirmoqda. Uning transferi “ko‘k-anor ranglilar”ga 120 mln evroga tushishi mumkin.



Fikrlar