"Barselona" prezidenti "Real Madrid TV"ni keskin qoraladi

  • 19.12.2025 16:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Negreyra ishi" bo‘yicha "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres tomonidan aytilgan ayblovlarga javob qaytardi.

"Biz har bir harakatimiz  sportda, ijtimoiy, institutsional va hatto iqtisodiy sohada — hurmat qilinadigan, tan olinadigan, havas uyg‘otadigan va seviladigan klub sifatida iz qoldirishini yaxshi bilamiz. Shu bilan birga, erishgan maqomimiz ba’zilarda hasad uyg‘otishini ham aytishim kerak, va ular buni to‘g‘ri qabul qila olmayapti.

Bu odamlar nopok usullardan foydalanib, xulq-atvorning barcha me’yorlarini  axloqiy, ma’naviy va nafaqat sport me’yorlarini — poymol qilmoqda. Kim haqida gapirayotganimni tushunib turibsiz: klubimiz ramzi va qadriyatlarini doimiy ravishda obro‘sizlantirish kampaniyalarini boshlayotganlar haqida. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz.

Bular hokimiyatni despotizm bilan adashtirib qo‘yadiganlar  ham u ham ma’rifatli emas.  Ularga bitta gapim bor: “Barsa” yana kuchli — ham maydonda, ham maydon tashqarisida.

Ular qancha urinmasin, tarixni yo‘q qilishga, o‘chirishga yoki buzib ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lolmaydi. Biz esa yaratmoqdamiz va “Barselona” tarixidagi yorqin yangi davrni barpo etyapmiz. Bu davr klubni yana shon-sharafga olib chiqadi va tarixga yangi sahifalarni yozadi. Bularning barchasi, eng avvalo, sizlar — futbolchilar va klub xodimlari tufayli", — dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!