
“Barselona” rahbari dahshatli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
Chempionlar ligasi chorak finalda “Bavariya”ga 2:8 hisobida boy berilgan o‘yindan keyin “Barselona” prezidenti Bartomeu muxlislardan uzr so‘rab, tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
- “Bavariya” zo‘r o‘ynadi va g‘alabaga munosib edi. Biz o‘z darajamizni ko‘rsata olmadik. Bu dahshat va biz tegishli qarorlarni qabul qilamiz. Ba’zi o‘ylab qo‘ygan ishlarimiz bor. “Barselona” muxlislaridan uzr so‘rayman. Bu biz ko‘rishni istagan “Barsa” emas, - dedi klub rahbari.
“Barselona” 1946 yildan beri ilk marotaba bitta o‘yinda 8 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar