"Barselona" Rakitichni sotib yubormoqchi, ammo...
Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Biroq, “ko‘k-anor ranglilar” uchun buni amalga oshirish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Boisi, futbolchi jamoadan ketishni xohlamayapti.
Qizig‘i, bundan avvalroq klub prezidenti Xosep Bartomeuning o‘zi ham Rakitichning shartnomasini yanada yaxshilash va maoshini oshirish haqida gapirib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida jami 54ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar