“Barselona” Setenning o‘rniga undan zo‘r murabbiyni ko‘zlamoqda

  • 3 avgust, 2020, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Agar “Barselona” Chempionlar ligasining pley-ofida mag‘lubiyatga uchrasa, Kike Seten jamoani tark etadigan bo‘ldi.

Kataloniyaliklar rahbariyati vaziyat shunday tus olishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar hozirgi bosh murabbiyga chiqish eshiklari ochib berilsa, uning o‘rnini Maurisio Pochettino egallaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Pochettino “Barselona” prezidenti Bartomeu bilan yaxshi munosabatda. Shuningdek, argentinalik murabbiyning sobiq jamoasi – “Espanol”ning Segundaga tushib ketgani ham uning “Barselona”ni qabul qilishida muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda.

Ayni paytda Pochettinoga “Inter” ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!