"Barselona" so‘nggi 18 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

  • 1 noyabr, 2020, 11:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Ispaniya La Ligasi 8-turida "Alaves"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 8 taga etdi va bu jamoaning so‘nggi 18 yildagi eng yomon starti bo‘ldi.

2002/03 yilgi mavsumda Lui van Gal boshqaruvidagi "Barselona" mavsum startidagi 6 uchrashuvda 8 ochko jamg‘argan edi. O‘shanda birinchi davradan so‘ng, gollandiyalik mutaxassis iste’foga chiqarilgan edi.

Kataloniyaliklar ayni vaqtda turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Real" bilan oradagi tafovut 11 ochkoni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!