"Barselona" tajribali futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 18 may, 2022, 08:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi himoyachisi Inigo Martinesga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi yozda "ko‘k-anorranglilar" safini tark etishi mumkin bo‘lgan Kleman Lengle va Samuel Umtiti o‘rniga arzonroq markaziy himoyachi sotib olishni istamoqda.

Martinesning Bilbao klubi bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi. Mavsum tugagandan so‘ng "Atletik" futbolchini transferga qo‘yishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Martines joriy mavsumda La Liga doirasidagi 26 o‘yinda maydonga tushib, 3 golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

DU2xsACW4AEzsy3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!