"Barselona" tarbiyalanuvchisi Grimaldo: "Real Madrid"da o‘ynashni orzu qilaman"

  • 20 may, 19:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" tarbiyalanuvchisi, hozirda "Bayer" safida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo "Real Madrid" tomonidan unga bo‘lgan qiziqish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Real"ga o‘tish bilan bog‘lashlari meni xursand qiladi. Bu — faxrlanishga arzigulik holat. Odamlar meni dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida o‘ynay oladigan darajadagi futbolchi sifatida ko‘rayotganlari — bu mening orzum. Men aynan shunday imkoniyatlar uchun mehnat qilganman va bu mening ambitsiyalarimdan biridir.

"Bayer" juda kuchli jamoa, lekin mening orzum — Ispaniyaga qaytish. Bu g‘oya anchadan beri yuragimda. Madridning "Real"ida o‘ynashni xohlaymanmi? Albatta, men dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynashni istayman. Agar shunday imkoniyat bo‘lsa, undan foydalanishga harakat qilaman, chunki bu — men 12 yoshimda "Barselona"ga o‘tganimdan beri intilayotgan maqsadim," — dedi Grimaldo Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Grimaldo joriy mavsumda barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning "Bayer" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!