“Barselona” va Messi mayda yangi shartnomani imzolaydi
Kataloniyaning “Barselona” va argentinalik hujumchi Lionel Messi o‘rtasidagi yangi shartnoma imzolanishiga yaqin qoldi.
Cadena Ser nashrining tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirishga va kelasi oyda barcha shartnomalarni imzolanishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, yangi kelishuv 5 yilga tuziladi. Hozirda futbolchining “ko‘k-anorranglilar” bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2018 yilda yakuniga etadi.

Messi bu mavsum La Ligda 25 o‘yinda 25 gol (8 pas)ga mualliflik qilgan.

Fikrlar