
"Barselona" va "Yuventus"ning sobiq futbolchisi Abbos Fayzullaevning jamoasiga qo‘shiladi
“Barselona” va “Yuventus” klublarining sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini Moskvaning TsSKA klubida davom ettiradi. Bu haqda Sportske nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli bosniyalik futbolchi Rossiya grandi safida bir mavsum uchun ikki million evro maosh oladi. Aytish joizki, avvalroq Pyanichning agenti yarim himoyachining RPLga o‘tishini istisno qilmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining so‘nggi ish joyi BAAning “Sharja” klubi bo‘lib, u ushbu jamoada so‘nggi ikki yil davomida to‘p surdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Pyanichning narxi uch million evroga teng. Sakkiz turdan so‘ng TsSKA 13 ochko bilan RPL musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar