"Barselona" vakillari "Shalke" yarim himoyachisini kuzatishdi
"Shalke" yarim himoyachisi Amin Xaritga "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.
Bundesliganing 8-turidan o‘rin olgan "Shalke" va "Xoffenxaym" (0:2) uchrashuvida to‘liq o‘ynagan va sariq kartochka olgan 22 yoshli futbochini "Barsa" vakillari kuzatib borishdi.
Marokashlik futbolchi "Shalke"da 2017 yildan buyon to‘p tepadi. Xarit Bundesliganing joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar