"Barselona" vitse-prezidenti: "Agar Tebas bizga yordam bermasa, bu ahmoqlik bo‘ladi"

  • 20 aprel, 2023, 22:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Juli Giu Lionel Messining klubga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Uning qayd etishicha, La Liga rahbari Xaver Tebas bunday stsenariydan manfaatdor.

"Tebas agar bizga barcha shartlarni bajarishda yordam bermasa, bu juda ahmoqlik bo‘lardi.

Messi dunyoning birinchi raqamli futbolchisi bo‘lib qolmoqda. Xoland Messi kabi marketing effektini bermaydi. Bu marketing nuqtai nazaridan juda ijobiy bo‘lar edi. Ammo bu uning qaytib kelishini anglatmaydi”, dedi "RAC1"ga.

Avval xabar berganimizdek, Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!