"Barselona" vitse-prezidentida koronavirus aniqlandi
“Barselona” klubi vitse-prezidenti Jordi Kardoner koronavirusga chalindi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 57 yoshli amaldor o‘z uyida davolanishni boshlagan. U doimiy tarzda shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Ta’kidlash kerakki, bu klub rahbarlari bilan bevosita aloqada bo‘ladigan odamning koronavirus yuqtirishi bilan bog‘liq “Barselona”dagi ilk holat hisoblanadi.
Bungacha esa “Barsa”ning Janubiy Amerikadagi skauti Andre Kyuri, klubning tibbiyot bo‘limi boshligi Ramon Kanal va gandbol jamoasi shifokori Jozep Antoni Guterreslarda ham COVID-19 virusi aniqlangan edi.

Fikrlar